Oʻzbek tili (lotin va kirill) uchun 100% oflayn imlo va grammatika tekshiruvchi
hamda lotin⇄kirill transliteratsiya. uz-hunspell
lugʻatlari (95 000+ soʻz) va hunspell-asm (WASM) asosida — internet talab qilinmaydi.
Imkoniyatlar
- Imlo tekshiruvi — xato soʻzlar tagiga chiziladi (Muammolar panelida koʻrinadi),
tezkor tuzatish (Quick Fix,
Ctrl+.) takliflari oʻzbekcha xatolar boʻyicha tartiblangan (x↔h, oʻ↔o, gʻ↔g; kirillda х↔ҳ, қ↔к, ў↔у, ғ↔г). - Grammatika (lotin) — ega-kesim moslashuvi, koʻmakchi kelishigi, son+birlik, takror soʻz va h.k.
- Tezkor amallar — taklifni qoʻllash, «eʼtiborsiz qoldirish» (sessiya), «lugʻatga qoʻshish» (doimiy).
- Transliteratsiya — belgilangan matn yoki butun hujjatni lotin⇄kirill (buyruqlar palitrasida).
Sozlamalar
| Sozlama | Tavsif | Standart |
|---|---|---|
uzspell.enable |
Tekshiruvni yoqish | true |
uzspell.script |
auto / latin / cyrillic |
auto |
uzspell.grammar |
Grammatikani ham tekshirish | true |
uzspell.checkAllCaps |
BOSH HARFLI qisqartmalarni tekshirish | false |
uzspell.maxSuggestions |
Takliflar soni | 6 |
uzspell.languages |
Qaysi fayl turlarida | ["plaintext","markdown"] |
Buyruqlar (Ctrl+Shift+P)
- UzSpell: Hujjatni tekshirish
- UzSpell: Lotindan kirillga oʻgirish
- UzSpell: Kirilldan lotinga oʻgirish
- UzSpell: Tekshiruvni yoqish/oʻchirish
Qurish
cd vscode
npm install
npm run build # dist/extension.js + dictionaries/ hosil qiladi
VS Code'da vscode/ papkasini ochib F5 bilan sinab koʻrish mumkin (Extension Development Host).
Doʻkonga paket: npx @vscode/vsce package (lugʻatlar va hunspell-asm paketga kiradi).
Litsenziya
GPL-3.0 (uz-hunspell lugʻatlari shu litsenziyada).