VS Code Extensions
A

Apelsin AI

by Azizjon

VS Code uchun o'zbekcha AI yordamchi (Mistral Codestral)

Downloads

27

Rating

— (0)

Version

1.0.0

Last updated

May 20, 2026

VS Code muhiti uchun maxsus ishlab chiqilgan, o'zbekcha so'rovlarni mukammal tushunadigan va Mistral Codestral modeli asosida ishlaydigan aqlli dasturlash yordamchisi.

Imkoniyatlari

  • 🍊 O'zbekcha Chat: Kod yozish davomida barcha savollaringizga to'g'ridan-to'g'ri o'zbek tilida javob oling.
  • 🚀 Kodni to'g'rilash va yangi kod qo'shish: Koddagi xatolarni tuzatishni yoki mavjud kod ichiga yangi funksiyalar/mantiqlar qo'shishni so'rang.
  • 🔍 Diff Oynasi: AI tomonidan o'zgartirilgan yoki yangi qo'shilgan kodni asl kodingiz bilan vizual solishtiring.
  • ⚡ Avtomatik 1 talik Oyna rejimi: Kodni qabul (Accept) qilganingizda yoki rad (Decline) etganingizda, vaqtincha ochilgan diff oynasi avtomatik yopilib, faylingiz toza 1 talik oynaga qaytadi.

Sozlamalar (Extension Settings)

Ushbu plagin quyidagi sozlamani qo'shadi:

  • apelsin.apiKey: Mistral AI platformasidan olingan shaxsiy API kalitingiz.

Tizim talablari

Plagin to'liq va barqaror ishlashi uchun sizda Mistral AI Console sahifasidan olingan faol API kalit (API Key) bo'lishi lozim.

Chiqarilish tarixi (Release Notes)

1.0.0

  • Plaginning birinchi rasmiy versiyasi.
  • O'zbekcha tizimli prompt va chat interfeysi integratsiya qilindi.
  • Diff oynasini dasturiy boshqarish va universal kod qo'shish funksiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Yaratuvchi: Azizjon

Related extensions